1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda mushukni derazadan uloqtirgan o‘qituvchi jazolandi

Mushuk umurtqasining shikast etishi natijasida vafot etgandi.

Toshkentda mushukni derazadan uloqtirgan o‘qituvchi jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda o‘qituvchi mushukka shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lganligi aks etgan xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 17:30 atrofida Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumtaʼlim maktabining 7-"g" sinf o‘quvchilari ona tili darsiga o‘zboshimchalik bilan mushuk olib kirgan. Oqibatda o‘qituvchi D.X. o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlari paytida chalg‘imasliklari uchun mushukni derazadan tashlab yuborgan.

 

Mushuk veterinar shifokor ko‘rigidan o‘tkazilganda jiddiy jarohat yetmaganligi aniqlangan.

 

Biroq “Ekolog” JB zoovolontyorlari o‘qituvchini javobgarlikka tortish uchun sudga berishgan. Uchtepa tuman sudi o‘qituvchiga nisbatan MJtKning 111-moddasiga ko‘ra, 375 ming so‘m miqdorda jarimaga tortgan.

 

Shunga qaramasdan, “Ekolog” jamoasi bu juda kam jarima ekanligini bildirgan. Qayd etilishicha, tashlab yuborilgan mushukcha jiddiy jarohatlanishi, umurtqasining shikast etishi natijasida vafot etgan.

 

"O‘qituvchi D.X. nafaqat bitta jonivorning o‘limiga sabab bo‘ldi, eng yomoni bolalarning ruhiyatiga katta salbiy taʼsir ko‘rsatdi. Fikrimizcha, u pedagoglik faoliyat olib borishga loyiq emas", deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика