Bugun, 17 oktyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Chery va Malibu rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB dastlabki maʼlumotni eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, to‘qnashuv soat 15:20 larda Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda Chery hamda Malibu-2 rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


