1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda noqonuniy diniy taʼlim berganlar ushlandi

Ular 15 nafar bolaga jismoniy tazyiq ham o‘tkazgan.

Toshkentda noqonuniy diniy taʼlim berganlar ushlandi

 

Xususiy uylardan birida yashovchi 37 yoshli O.A. hamda  uning turmush o‘rtog‘i 35 yoshli M.A. ruxsatsiz 15 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy adabiyotlardan foydalangan holda dars o‘tishgan. Bu Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va DXX xodimlari tomonidan Sergeli tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida maʼlum bo‘ldi.

 

Voqea joyidan topilgan diniy adabiyotlar va mobil telefonlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Bolalarga muntazam ravishda psixologik va jismoniy tazyiq o‘tkazilgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan.

 

Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 241-moddasiga (Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Voyaga etmagan bolalarga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irligini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

 

Hozirda bolalar Toshkent shahar IIBBning Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика