Joriy yilning 15 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi, 183-moddasi hamda 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblanayotgan A.I.ga oid ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Zamon.uz ga Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, shu yilning 14 dekabr kuni A.I. soat 20:20 atrofida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “KORZINKA” savdo majmuasida shu yerda ishlovchi fuqaro M.X.ning (ayol kishi) oldidan o‘tib ketyotgan vaqtida M.X.ning bel qismini qo‘li bilan ushlab M.X.ga nisbatan, shaxvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatni sodir etib ketgan.
Shundan so‘ng, 14 dekabr kuni soat 22:30 atrofida A.I. Shayxontohur tuman 5-sonli IIB binosiga olib kelinib tushuntirish ishlari olib borilayotganda A.I. IIO xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, IIB binosida, yaʼni jamoat joyida baqir-chaqir qilib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.I.ga MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan 5 sutka, MJtKning 183-moddasi bilan 10 sutka, MJtKning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.Toshkentda notanish ayolning belidan ushlagan “KORZINKA” xodimi 10 sutkaga qamaldi
Fuqaro IIB binosiga olib kelinib tushuntirish ishlari olib borilayotganda u baqir-chaqir qilib IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Joriy yilning 15 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi, 183-moddasi hamda 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblanayotgan A.I.ga oid ish ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, shu yilning 14 dekabr kuni A.I. soat 20:20 atrofida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “KORZINKA” savdo majmuasida shu yerda ishlovchi fuqaro M.X.ning (ayol kishi) oldidan o‘tib ketyotgan vaqtida M.X.ning bel qismini qo‘li bilan ushlab M.X.ga nisbatan, shaxvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatni sodir etib ketgan.
Shundan so‘ng, 14 dekabr kuni soat 22:30 atrofida A.I. Shayxontohur tuman 5-sonli IIB binosiga olib kelinib tushuntirish ishlari olib borilayotganda A.I. IIO xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, IIB binosida, yaʼni jamoat joyida baqir-chaqir qilib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.I.ga MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan 5 sutka, MJtKning 183-moddasi bilan 10 sutka, MJtKning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.


