1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda ona va bola 39 yoshli erkakni «samosud» qildi

Bir necha kun yerto‘lada o‘tirgan erkak oradan 18 kun o‘tib, ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Toshkentda ona va bola 39 yoshli erkakni «samosud» qildi

 

Toshkent shahar Mirobod tumanida ona va bola 39 yoshli erkakni «samosud» qilib, qo‘llarini bog‘lagan holda omborga qamab qo‘ydi. IIBB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ushbu shaxs xonadon egalariga bundan 2 yil ilgari Respublika kadastr agentligida ishlovchi tanishi orqali ularning uyiga kadastr hujjatlarini to‘g‘rilab berishini aytib, 1000 dollar olgan. Ammo shu kungacha hujjatlarni ham qilib bermagan, pulni ham qaytarmagan.

 

Ushbu erkakdan pullarni qaytarib olish maqsadida ona-o‘g‘il uni uyga chaqirgan va chap yelkasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Ayol uni temir armatura bilan ham urgan. Shundan so‘ng erkakni uy yerto‘lasiga olib tushib, stulga oyoq-qo‘llarini skotch va sim yordamida bog‘lagan, bir kecha shu holatda qoldirgan. 

 

Erkak pullarni qaytarsagina uni qo‘yib yuborishlarini aytgan xonadon egalari uning turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qildirgan. Rafiqasidan 300 dollar va 700 dollarga teng bir juft tilla zirak va bir dona tilla uzukni olib kelib berishgach, uni qo‘yib yuborishgan.

 

Erkak oradan 18 kun o‘tgach bu voqea haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi hamda 138-moddasining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика