1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda oshxona yonib ketdi. FVV rasmiy maʼlumot berdi

Bugun, 26 iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan “Zamondosh” oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Toshkentda oshxona yonib ketdi. FVV rasmiy maʼlumot berdi

 

 

Rasmiy maʼlumotda aytilishicha, qisqa vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5ta yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyga jalb etilgan. Binoning taxminan 400 kvadrat metr maydoni yong‘indan zararlangan. 

 

Yong‘in soat 13:33da o‘rab olingan va soat 14:31da batamom o‘chirilgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib borgan. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика