1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda “otopleniye” qachondan yoqiladi?

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda “otopleniye” qachondan yoqiladi?

 

Poytaxtda kelasi dushanbadan boshlab xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan taʼminlash boshlanadi.

 

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik taʼminotidan foydalanuvchi isteʼmolchilarni issiqlik bilan taʼminlash maqsadida, 3 noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Muvofiq ravishda, 6-noyabrdan boshlab ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar-joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash ishlari boshlanadi.

 

Turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik taʼminoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlasa yoki issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSH va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotgan bo‘lsa 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga yoki bo‘lmasam ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика