1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda qalbaki diplom tayyorlab sotuvchilar ushlandi

Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Toshkentda qalbaki diplom tayyorlab sotuvchilar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro J.R.ga Qozog‘iston Respublikasidagi universitetning 2-bosqichini tamomlaganligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab berish orqali uni Toshkent shahridagi Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot institutiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Xuddi shunday, Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I. fuqaro D.D.ga Qozog‘iston Respublikasidagi universitetning 1-bosqichini tamomlaganligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab berish orqali uni O‘zbekiston Respublikasidagi universitetlardan biriga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shu kabi, Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi xodimi F.Sh. 2 nafar fuqaroni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика