Toshkent shahrida qizlar hisobiga kun ko‘rayotgan firibgar qo‘lga olinda. Bu haqda Poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 45 yoshli erkak qizlar bilan uylanmagan yigit sifatida tanishib, ulardan pul va tilla taqinchoqlar olib yurgan. Qizlarning aytishicha, “yigit” ularga turmush qurishni va’da qilgan.
Shuningdek, firibgar maktab o‘quvchilari va ularning dugonalariga tegishli tilla taqinchoqlarni aldov yo‘li bilan olgan.
Aniqlanishicha, erkak oilali bo‘lib, 2 nafar farzandi ham bor.


