Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgani aks etgan vido tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha,16 iyun kuni taxminan soat 21:00 larda Bektemir tumani Chashma mahallasida istiqomat qiluvchi bir-biriga qo‘shni bo‘lgan fuqarolar o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan. Natijada ikki nafar fuqaro yengil darajadagi jarohat olgan. Janjalni ko‘rgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


