Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda bedarak yo‘qolgan 6 yoshli bolaning jasadi suv bilan to‘ldirilgan quduqdan topilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, yorilgan issiq suv quvurini taʼmirlash maqsadida kovlangan chuqur ochiq holatda qoldirilgan va uning atrofida xavfsizlik to‘siqlari o‘rnatilmagan. Oqibatda yuqoridagi noxush holat yuz bergan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


