Qayd etilishicha, 2024 yilning 19 iyul kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi 1-uy qarshisida 2004 yilda tug‘ilgan D.R. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda — 1960 yilda tug‘ilgan (ayol) G.Sh.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


