Qayd etilishicha, hodisa 13-noyabr kuni soat 21:00 larda Yunusobod tumani KXAY ko‘chasi Minor masjidi qarshisida yuz bergan. Unda 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Spark va 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Captiva o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Spark transport vositasining haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


