Energetika vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning takliflariga asosan 2023-yilda Toshkent shahri elektr taʼminotini yaxshilashga qaratilgan 35–110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasi tasdiqlandi.
- Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bo‘lgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini quriladi;
- Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiyani rekonstruksiya qilish orqali ularning o‘tkazish quvvatini 179 MVAga oshiriladi;
- jismonan eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.
Qaror bilan:
▪️Yuqorichirchiq tumanidagi “O‘zsuvtaʼminot” AJda quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasining 1-bosqichini (100 MVt);
▪️Yuqorichirchiq tumanida quvvati 700 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasining 1-bosqichini (100 MVt) joriy yil yakunigacha ishga tushirish belgilandi.
Shuningdek, 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya quriladi va hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari o‘tkaziladi.


