1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda taqiqlangan videolarni saqlagan 20 yoshli yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Tekshiruv davomida sudlanuvchining telefonidagi SMS yozishmalarda taqiqlangan mavzularga oid suhbatlar mavjudligi aniqlangan.

Toshkentda taqiqlangan videolarni saqlagan 20 yoshli yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkent shahrida telefonida qonun bilan taqiqlangan video va audio materiallarni saqlaganlikda ayblangan 20 yoshli yigit sud hukmi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Millar” axborot dasturida xabar berildi.

 

Sud jarayonida yigit o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga norozi ekanini bildirib, suddan unga imkoniyat berishni so‘radi. U ta’lim olish va jamiyatga foydali bo‘lish niyatida ekanini aytgan bo‘lsa-da, ayblarni to‘liq tan olmadi. Sudda unga nima sababdan taqiqlangan materiallarni saqlaganlik so‘ralganida, u javob berishni istamadi.

 

Tekshiruv davomida sudlanuvchining telefonidagi SMS yozishmalarda taqiqlangan mavzularga oid suhbatlar mavjudligi aniqlangani ma’lum qilindi. Ushbu holatlar ish materiallari sifatida sudda ko‘rib chiqilgan.

 

Yakunda Yakassaray tuman sudi yigitni Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi 1-qismi, 155-moddaning 1-qismi va 244-1-modda 3-qismining “G” bandi bo‘yicha aybli deb topib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика