1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Toshkentda tez yordam avtomobili va “Nexia” ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi, bir kishi vafot etdi

Joriy yilning 4 avgust kuni soat 13:00larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, I.Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkentda tez yordam avtomobili va “Nexia” ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi, bir kishi vafot etdi

 

 

IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan B.Sh. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomobil hamda haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика