O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.Sh. fuqarolar F.N. va N.A.ga tanishlari yordamida 2 500 AQSH dollari evaziga “CEFR B1” sertifikatlarini olib berishini aytib, 1 500 AQSH dollari va 12,6 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 221-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


