Qish mavsumi tugashi bilan poytaxtda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha faol ishlar boshlanadi. Prezident va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini amalga oshirish, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda shahar aholisi va jamoat transportining harakatlanishi uchun qulayliklarni oshirish maqsadida Toshkent shahrining transport oqimi faol bo‘lgan ko‘chalari holati tekshirildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2025 yilda joriy va kapital taʼmirlash talab qilinadigan ko‘chalar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan manzilli taʼmirlash dasturi ishlab chiqildi. Dastur doirasida umumiy maydoni 65 000 m² dan ortiq bo‘lgan yo‘llarni taʼmirlash rejalashtirilgan.
Jumladan, shlar qoplamaning uzoq muddat chidamli bo‘lishini taʼminlaydigan texnologiyalar va materiallarni qo‘llagan holda ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tomonidan 7 martdan boshlab amalga oshiriladi.
Tirbandliklarning oldini olish va noqulayliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l ishlari asosan transport harakati eng kam bo‘lgan soatlarda tashkil etiladi.


