1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda Tracker avtobusga urilib yonib ketdi

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar bor.

Toshkentda Tracker avtobusga urilib yonib ketdi

 

Bugun, 22-yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker hamda avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 00:40 larda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 4-sonli avtokorxona qarshisida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi A.T. Tracker avtomobilida tezlikni oshirib harakatlangan. Natijada rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan Isuzu rusumli avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuvdan so‘ng Tracker  avtomobilining old qismida yong‘in chiqqan.

 

YTH oqibatida Tracker avtomobilidagi yo‘lovchilar — 1992 yilda tug‘ilgan D.U., 1992 yilda tug‘ilgan M.P. va 1998 yilda tug‘ilgan S.A.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика