Тoshkentda 16-noyabrdan boshlab vaqtinchalik ko‘cha yoritish tarmoqlarini tungi isteʼmolini cheklash tartibiga o‘tkaziladi. Bu haqda “Toshshaharnur” DUK xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi umumiy vazifalarni bajarib, 16 noyabrdan boshlab vaqtinchalik ko‘cha yoritish tarmoqlarini tungi isteʼmolini cheklash tartibiga o‘tkazadi.
«Toshkent shahri aholisi va mehmonlari kechki va tungi vaqtda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunadi, shuningdek, kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishning umumiy vazifalarini hal qilishda faol ishtirok etadilar, deb umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Kecha Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev boshchiligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston shaharlaridagi yoritish chiroqlari va elektron reklama eʼlonlarini o‘chirib qo‘yish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.


