Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 19 yanvar kuni uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida:
-
Davlat raqam belgisi 01 T 848 AB bo‘lgan Malibu;
-
Davlat raqam belgisi 10 T 803 WA Spark;
-
Davlat raqam belgisi 01 H 747 RA bo‘lgan Nexia-3 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Spark hamda Malibu haydovchilari tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


