1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkentda xonadonida nasha yetishtirgan shaxslar ushlandi

Ular 6 tup nasha giyohvandlik vositasini yetishtirishgan.

Toshkentda xonadonida nasha yetishtirgan shaxslar ushlandi

 

Toshkent shahrida xonadonida nasha yetishtirib kelgan shaxslar qo‘lga olindi.

 

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida 6 tup nasha giyohvandlik vositasini yetishtirib, parvarishlab kelgani aniqlangan. Bundan tashqari, alohida joy hozirlanib, giyohvandlik vositalarining o‘sishiga sharoit yaratilgan.

 

Shuningdek, yana bir holatda o‘z xonadonida 21 tup nasha giyohvandlik vositalarini yetishtirib kelayotgan shaxs ushlangan. Uning xonadonidan 1 kilogrammga yaqin quritish uchun olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari topilgan.

 

“Olingan barcha daliliy ashyolar o‘rnatilgan tartibda ekspertizaga topshiriladi va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика