PMTI tahliliga ko‘ra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Maʼlumki, o‘tgan yil xonadonlar uchun ijara narxlari o‘sa boshlagan va oktabr oyiga kelib, o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan, so‘ngra pasaya boshlagan.
OLX.uz maʼlumotlar bazasiga muvofiq, o‘sha paytda shahar bo‘yicha o‘rtacha taʼmirlangan xonadon uchun ijara narxi 526 AQSH dollariga chiqqan edi.
Joriy yilning mart oyida ijara uchun o‘rtacha narxlar fevral oyidagiga nisbatan 2 foizga pasaygan va 411 AQSH dollarini tashkil etgan. O‘rtacha taʼmirlangan 2 xonali uy uchun ijara narxi 340 dollardan (Sergeli) 460 dollargacha (Yakkasaroy) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha 411 dollarni, 3 xonali uylar uchun esa narxlar 380 dollardan (Sergeli) 600 dollargacha (Mirobod) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha 480 AQSH dollarga to‘g‘ri kelmoqda.
Taʼmirlangan 1 xonali uy uchun o‘rtacha ijara narxi 320 dollar, 4 xonali uy uchun 600 dollar va 5 xonali uy 660 dollarni tashkil qilyapti.


