1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda xorijdan keltirilgan sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

DXX tomonidan xorijdan keltirilgan qariyb 6 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi.

Toshkentda xorijdan keltirilgan sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Jumladan, poytaxtning Olmazor tumanida yashovchi, shaxs muqaddam narkokuryerlar tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xufiyona joyga qoldirib ketilgan 3 kg 906 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida ushlangan.

 

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u ushbu moddani Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi ayolning ko‘rsatmasiga asosan olganligini maʼlum qildi va tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ayol tomonidan ijaraga olingan xonadon ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu manzilda narkotik moddalarni kichik bo‘laklarga bo‘lib, internet orqali sotuvga chiqarish uchun sharoit yaratilganligi aniqlandi.

 

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga – ayolning opasi ham aloqadorligi aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.

 

Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro muqaddam narkokuryerlar tomonidan Toshkent tumani hududidagi xufiyona joyga yashirib ketilgan 927 gr “Metamfetamin” sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 1999 va 2002-yillarda Qarshi shahrida tug‘ilgan, Olmazor tumanida ijarada yashovchi ikki nafar fuqaro uchinchi shaxslar tomonidan yashirib ketilgan 857 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasini olgan vaqtlarida ushlandi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика