Joriy yilning 20-sentabr kuni soat 21:43 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga Yuqorichirchiq tumani “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, aytilgan manzilga yong‘in o‘chirish bo‘linmalari soat 21:48 da yetib borib, alanga 22:40 da qurshab olingan. Natijada yong‘in soat 23:56 da to‘liq bartaraf etildi.
Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga jami 8 ta texnika va 50 nafarga yaqin shaxsiy tarkib jalb etilgan. Yong‘in oqibatida korxonaning 150 kvadrat metr maydoni yong‘indan zararlanib, amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida 600 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.


