1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi

Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi

Bugun, 20 iyul kuni soat 13:33 da Yashnobod tumanidagi yangi qurilayotgan binolarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:42 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:57 da o‘chirilgan.

 

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, etilgan manzilda binoning birinchi qavatida, qurilish mahsulotlari yongan.

 

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика