“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga ko`ra, 6-iyul kunidan boshlab, 130-sonli “Olchazor mahallasi – Food city savdo markazi” avtobus yo‘nalishida 11 ta YUTONG CNG rusumli avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, 99-sonli “Suvsoz mavzesi – Farxod bozori” yo‘nalishiga qo‘shimcha 2 ta va 146-sonli “Chinni bozori – Chorsu savdo markazi” avtobus yo‘nalishiga qo‘shimcha 4 ta YUTONG CNG rusumli avtobuslar harakatga chiqariladi.


