1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

2 nafar shaxs logistika faoliyati bilan shug‘ullanish niqobi ostida sintetik giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

2 nafar shaxs logistika faoliyati bilan shug‘ullanish niqobi ostida Shayxontohur tumanidagi xonadonlardan birida sintetik giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishgan

 

Ko‘zdan kechirish jarayonida xonadonda jami 56 ta o‘ramda 26 kg.ga yaqin “Mefedron” giyohvandlik vositasi, sintetik narkotik tayyorlashda foydalaniladigan 400 kg.dan ortiq suyuqlik va kukun ko‘rinishidagi kimyoviy moddalar hamda xom-ashyolar, zarur asbob-uskunalar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tadbir davomida olingan narkotik moddalar taxminan 80 ming “doza”ni tashkil qilishi va qora bozordagi qiymati 900 ming AQSH dollariga tengligi, shuningdek, narkolaboratoriyada saqlanayotgan 400 kg.dan ortiq kimyoviy moddalar va xom-ashyolar yordamida 50 kg.ga yaqin “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi ishlab chiqarish mumkinligi maʼlum bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика