Maxsus tezkor guruh tomonidan kuzatuvga olingan shaxsning Toshkent shahar Yunusobod tumanida ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bu yerda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tayyorlashga mo‘ljallangan yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi.
Mazkur xonadonda hamda poytaxtning Uchtepa tumani va Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlarda pregabalin, tropikamid, trilon kabi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, ularni tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar, qayta ishlash va taqsimlashga mo‘ljallangan tarozi, kolba, mikser kabi laboratoriya jihozlari, dorilarni solishga mo‘ljallangan plastik bo‘sh idishlar borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbirlar natijasida yashirin narkolaboratoriyadan jami og‘irligi 19 kg 225 gr pregabalin, 2 kg 960 gr tropikamid, 1,2 kg trilon kuchli taʼsir qiluvchi moddalari, 20 litr xlorid kislotasi, 19 nomdagi 1746 dona laboratoriya uskuna va jihozlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.


