1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yo‘lovchi avtobus harakat payti tutab ketdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentda yo‘lovchi avtobus harakat payti tutab ketdi

Ijtimoiy tarmoqda “MAN A22 CNG” rusumli avtobusda tutun hosil bo‘lgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, “12-Avtobus saroyi” filialining 144-sonli avtobusining old qismida tutash hosil bo‘lgan. Transportning old qismidagi isitish tizimi patrubkasi yorilishi natijasida tutash hodisasi kuzatilgan. Avtobusda yong‘in kelib chiqmagan. Hodisa oqibatida avtobus va yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

 

Shu kunning o‘zidayoq “12-Avtobus saroyi” filialining texnik xodimlari tomonidan mazkur avtobusning texnik nosozligi bartaraf etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика