Qayd etilishicha, 18 dekabr kuni soat 21:05 larda Yunusobod tumani TXAY ko‘chasida Mersedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


