1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yo‘lovchi avtobus YTHga uchradi

Oqibatda 6 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.

Toshkentda yo‘lovchi avtobus YTHga uchradi

 

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida avtobus va 2 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

 

Hodisa bugun, 24-avgust kuni Yunusobod tumanining TХAY ko‘chasida soat 17:00 atrofida yuz bergan. Unda 1978-yilda tug‘ilgan T. Sh. boshqaruvidagi SAZ LE60 rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus, 1981-yilda tug‘ilgan U. R. boshqaruvidagi Damas va 1988-yilda tug‘ilgan M. R. boshqaruvidagi Matiz o‘zaro to‘qnashgan.  

 

YTH oqibatida Matiz haydovchisi, Damasning bir nafar va avtobusning ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxona olib borilgan. 

 

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика