1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopilmoqda

IIV YHXX avtomobillar harakati cheklanadigan hududlarni ma’lum qildi.

Toshkentda yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopilmoqda

 

19 iyun kuni Toshkent shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida Oliy harbiy o‘quv yurtlari kursantlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Vatan qalqoni” nomli yugurish bo‘yicha musobaqa o‘tkaziadi. Shu munosabat bilan poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda IIV YHXX axborot xizmati xabar berdi. 


Ma’lum qilinishicha, 18 iyun kuni soat 17.00 dan 19 iyun kuni soat 09.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorraxasigacha bo‘lgan hudud avtomashinalar harakati uchun yopiladi.


19 iyun kuni soat 05.30 dan 09.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida quyida keltirilgan ko‘chalarda avtotransport vositalari uchun harakat vaqtinchalik cheklanadi:


— Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari chorrahasidan, Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
—  Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasi va Afrosiyob va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasigacha;
—  Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
—  Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Matbuotchilar ko‘chalari chorrahasigacha;
—  Islom Karimov va Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasidan, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi.


“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика