1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi Askiya dehqon bozori qayta quriladi

Unga yangi investorlarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Toshkentdagi Askiya dehqon bozori qayta quriladi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan «Askiya dehqon bozori» qayta rekonstruksiya qilinadi.

 

Bozorni zamonaviy uslubda rekonstruksiya qilish bo‘yicha E-auksion platformasi orqali yangi investorlarni jalb qilish rejalashtirilgan.

 

Tuman hokimi sotib olishdan manfaatdor bo‘lgan investorga Toshkent shahar hokimligi, Davaktiv agentligi va Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi bilan kelishilgan holda quyidagi talablar qo‘yilishini taʼkidladi:

 

• 3 000 kv. metrdan kam bo‘lmagan ekobozor qurish;

• maydoni 1200 kv. metrdan kam bo‘lmagan sovutish omborini qurish;

• yer osti avtoturargohining birinchi qavatini (kamida 400 o‘ringa mo‘ljallangan) bepul kompaniya mulkiga o‘tkazish.

 

Ushbu loyiha hududida velosiped to‘xtash joylari va zamonaviy o‘rindiqlar, Wi-Fi zonalari, aholi uchun dam olish zonalari, nogironlar uchun eskalatorlar va panduslar, yashil zonalar, kecha-yu kunduz tozalikni taʼminlashni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yangi bozor yonida 4 yulduzli mehmonxona quriladi.

 

Loyihani amalga oshirish 150 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berishi kutilmoqda.

 

Taʼkidlashicha, obektda qurilish ishlari qishloq xo‘jaligi bozori faoliyatini buzmagan holda olib boriladi va ekobozor qurilishi yakunlangach, bozor asta-sekin uning hududiga o‘tkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика