Rekonstruksiya va taʼmirlash olib borilayotgani sababli poytaxtning ayrim ko‘chalarida harakat vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Qorasaroy ko‘chasi Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha, shuningdek, Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha 20 may kuni soat 22:00 dan 21 may 06:00 ga qadar, hamda, 21 may kuni soat 22:00 dan 22 may 06:00 ga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi.


