1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Ushbu ko'chalarda harakatlanuvchi avtobuslar harakati ham o'zgaradi.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentda 31-avgust kunidan 3-sentabr kuniga qadar Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi o'tkaziladi.

Transport vazirligining xabar berishicha, poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Jumladan:

      • Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha (31-avgust kuni soat 10:00 dan 3-sentyabr kuni soat 10:00 gacha);
      • Afrosiyob ko‘chasi I. Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab, Rim-Katolik cherkovigacha (3-sentyabr kuni soat 05:00 dan 09:00 gacha) yopiladi.

Qayd etilishicha, yuqorida nomlari keltirilgan ko'chalarda transport harakatining vaqtincha to'xtatilishi sababli 141, 51, 97, 140, 22, 38, 58, 98, 18, 196, 97, 57, 67, 2, 16, 26, 80, 81, 12-sonli avtobus yo'nalishlarining harakati chizmada ko'rsatilgan ko'chalar orqali tashkil etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика