Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 16-oktabrdan 15-noyabrgacha Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasidan Seul ko‘chasigacha bo‘lgan qismida to‘rt qatorli yo‘lning ikki qatorida harakat cheklanadi.
Harakat yuqori kuchlanishli yer osti elektr kabellari o‘tkazilishi sabab cheklanadi.


