1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi bog‘chada uxlamagan bolalar oyog‘iga igna sanchilgani aniqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkentdagi bog‘chada uxlamagan bolalar oyog‘iga igna sanchilgani aniqlandi

 

Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi poytaxtdagi bog‘chalarning birida bolalar oyog‘iga igna sanchilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yangihayot tumani 122-bog‘chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilayotgan video xabar tarqaldi.

 

Aniqlanishicha, pedagogika kolleji o‘quvchisi R.M. amaliyotini o‘tash uchun Yangihayot tumani “Oriyat” MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 11 may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.

 

26 may kuni shu guruh tarbiyalanuvchilarining ikki-uch nafariga uxlamagani sababli igna tiqib olingani maʼlum bo‘lgan. Hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

“Sizning farzandingiz taʼlim-tarbiya olayotgan muassasada yuqoridagi kabi noxush va boshqa noqonuniy holatlar qayd etilayotganiga duch kelsangiz Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishonch telefoni — 71 237 08 93 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика