1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi bog‘chalarda karantin joriy qilinadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi bog‘chalarda karantin joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlarga oydinlik kiritildi.

Toshkentdagi bog‘chalarda karantin joriy qilinadimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin joriy etilishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda shahar hududida karantin choralarini joriy etishni talab qiladigan xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha keskin epidemiologik vaziyat kuzatilmayapti. Mutaxassislar tomonidan qizamiq, meningit, gepatit, sil va boshqa infeksion kasalliklar bo‘yicha monitoring doimiy ravishda olib borilmoqda va mavjud holatlar karantin eʼlon qilish darajasida emas.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, qish mavsumida gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallanish holatlarining mavsumiy ko‘payishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Shu sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar salomatligini himoya qilish maqsadida ertalabki filtr jarayonlari, tana haroratini o‘lchash, kasallik alomatlari mavjud bolalarni vaqtincha ajratish va ota-onalarga profilaktik tavsiyalar berish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur profilaktik choralar ayrim fuqarolar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, “karantin” sifatida baholanmoqda. Shu munosabat bilan fuqarolardan tasdiqlanmagan axborotlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarda eʼlon qilinadigan maʼlumotlarga tayanish so‘raladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика