Bugun, 26-yanvar kuni soat 16:04 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozoridagi do‘konda yong‘in chiqayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 16:08 da yetib borib, yong‘in soat 16:20 da qurshab olingan va soat 16:25 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan shaxslar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida taxminan 15 kvadrat metr maydondagi do‘kon yerto‘lasiga zarar yetgan.


