1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi kanallarda suv sifati tekshirildi

Eng ko‘p ifloslangan suv Salar kanali, eng tozasi esa Anhor kanali va Chorvoqda ekani ma'lum bo'di

Toshkentdagi kanallarda suv sifati tekshirildi

 

Toshkentdagi kanallar va uning atrofidagi suv omborlaridan 12 iyul kuni yer usti suvlaridan namunalar olib, tahlil qildi. Kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar tarkibi suvning ifloslanish indeksi (SII) bo‘yicha o‘rganildi, deya xabar qildi “O‘zgidromet”.

 

Unga ko‘ra:

 

  • Bo‘zsuv kanali — Teleminora hududi. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII — 1,15;

  • Qorasuv kanali — Furqat bog‘i hududida. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII — 1,68;

  • Salar kanali — Ekoparkdan quyida. Suv sifati IV sinf ifloslangan suvlarga mos keladi, SII — 2,88;

  • Anhor kanali — Kichik xalqa yo‘lidan quyida. Suv sifati II sinf toza suvlar, SII — 0,83;

  • Bo‘rijar kanali — Magic city bog‘i hududi. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII — 1,05;

  • Chorvoq suv ombori — Suv sifati II sinf toza suvlar, SII — 0,99;

  • Tuyabo‘g‘iz suv ombori — Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlar, SII- 1,22.

 

Maʼlumot uchun, suv ifloslanishi indeksidan yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv obyektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini ham beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика