1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi restoranda yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Toshkentdagi restoranda yong‘in chiqdi

Bugun, 21 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi restoranlarning birida yog‘in chiqdi. 

 

Rasmiy xabarga ko‘ra, soat 08:08 da Uchtepa tumani Katta Qani ko‘chasida joylashgan restoranlarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

 

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:16 da yetib borib, yong‘in soat 08:31 da o‘chirilgan.  

 

Yong‘in natijasida restoran hududida bo‘lgan gaz taqsimlash uskunasi va 5 kvadrat metr maydonda taxta bo‘laklari yongan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. 

 

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика