1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdagi xonadondan salkam 25 ming dona pirotexnika vositalari topildi

Qiymati 737 million so‘mni tashkil etadigan mazkur pirotexnika vositalari vaqtincha saqlovga olingan.

Toshkentdagi xonadondan salkam 25 ming dona pirotexnika vositalari topildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi xonadonlarning birida salkam 25 ming dona pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining ichki hududdagi noqonuniy aylanmasi fosh qilingan.

 

Xususan, poytaxtning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan tezkor kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan respublikaga olib kirilgan 205 ta qog‘oz qutida ikki turdagi pirotexnika vositalari qonunga xilof tarzda saqlanayotgani fosh bo‘lgan.

 

Rangli tutun chiqaruvchi va uchqun sachratuvchi mazkur pirotexnika vositalarining umumiy miqdori 24 ming 637 donani, qiymati esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 737 million so‘mni tashkil qiladi.

 

"Hozirda mazkur pirotexnika vositalari vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, respublika bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 80 dan ziyod bojxona qonunbuzilishi holatlarida 7,5 million donaga yaqin pirotexnika vositalarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика