«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining maʼlum qilishicha, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida poytaxtning ikki tumanida chiroq o‘chdi.
Jumladan, Yunusobod tumanining: “Obod”, «Bog‘i bo‘ston», “Firdavsiy”, “Bodomzor”, «Mirzo Ulug‘bek», “Posira”, “TashGRES”, «Yangi Tarnov», «Buyuk turon», “Bo‘zsuv”, «Sayx Shivli», “Otchopar-1” va “Otchopar-2” MFYlari hamda «Toshkent Hayvonot bog‘i»;
Mirzo Ulug‘bek tumanining: “Darxon”, «Salar bo‘yi», “H.Olimjon”, “Mustaqillik”, “Oqqo‘rg‘on” hamda «Qori Niyozov» MFYlari hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 110/35/10 kV bo‘lgan “Astronomicheskaya”, “Ikarus”, “Karamurskaya”, “Savdo” hamda “Botanika” podstansiyalarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi TashGRESdan chiquvchi kuchlanishi 110 kV bo‘lgan havo elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda avariya holat yuzaga kelib, elektr taʼminotida uzilish sodir bo‘ldi.
"Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.
Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi", —deyiladi xabarida.


