Joriy yilning 20 avgustidan boshlab Toshkent va Vengriya poytaxti Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar boshlanadi. Bu haqida Transport vazirligi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Toshkent – Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni Qanot Sharq aviakompaniyasi bajaradi. Mazkur yo‘nalishdagi parvozlar Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.


