Toshkentdan Doxaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Uzbekistan airports.
"Centrum Air" Toshkent va Doxa shaharlarini 21 avgust kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.
“Toshkent — Doxa yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftada bir marta Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Centrum Air — shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan, 2023 yil yanvar oyida yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan O‘zbekiston loukoster aviakompaniyasidir. Bugungi kunga qadar aviatashuvchi parkida uchta Airbus A320 va bitta Boeing-747 samolyoti mavjud.


