Toshkent – Seul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftaning besh kuni davomida, ya’ni dushanba, seshanba, payshanba, juma hamda yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu tartib joriy yilning 1-avgustidan boshlab amal qiladi.
Parvozlar jadvali:
- Toshkentdan jo‘nab ketish: 22:15 (Toshkent vaqti);
- Seulga yetib borish: 08:25 (Seul vaqti);
- Seuldan jo‘nab ketish: 10:10 (Seul vaqti);
- Toshkentga yetib borish: 13:20 (Toshkent vaqti).


