1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha avtobuslar qo‘yiladi

Qo‘shimcha qatnovlar 31-dekabrga qadar amalga oshiriladi.

Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha avtobuslar qo‘yiladi

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikaning turli hududlariga qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Toshkent avtovokzalidan kundalik 53 ta reysga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 20 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etiladi.

 

Xususan, 20 dekabrdan 31 dekabrga qadar Toshkent — Navoiy, Toshkent — Zomin, Toshkent — Jarqo‘rg‘on, Toshkent — Shahrisabz, Toshkent — Qarshi, Toshkent — Qorako‘l, Toshkent — Termiz, Toshkent — Denov, Toshkent — G‘uzor, Toshkent — Uzun yo‘nalishlarida kundalik belgilangan reyslardan tashqari yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda kun davomida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика