Bugun, 17-yanvar Toshkent shahrining Sergeli tumanida elektr transformator yonib ketdi. Holat yuzasidan shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:43 da Sergeli-5 dahasi 25-uy oldida joylashgan TP40-44 raqamli transformatorda yong‘in bo‘layotganligi haqida FVBning tezkor boshqaruv markaziga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, voqea joyiga birlamchi yong‘in-qutqaruv texnikalari 17:51 da yetib borgan hamda 17:58 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida transformatorning ichki qismi yonib zararlangan.
Shuningdek, soat 18:44 da poytaxtning Shayxontohur tumani “Jarariq” mavzesidagi elektr transformatorda ham yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga birlamchi yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 18:55 da yetib borgan. Shundan so‘ng maʼlum vaqt hudud elektr tarmoqlari xodimlari transformatorning mavjud elektr tizimidan uzganlaridan so‘ng soat 19:33 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.


