1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi to‘xtatiladi

Shuningdek, baʼzi tumanlarda suv bosimi pasayadi.

Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi to‘xtatiladi

 

 11-avgust kuni poytaxtning baʼzi tumanlarida ichimlik suvi o‘chiriladi. Bu haqda Bu haqda Toshkent shahar suv taʼminoti MCHJ axborot xizmati xabar berdi.

 

Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab TXAY dan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yer usti metrosi qurilish jarayonida D-1000mm tarmoqlarni ko‘chirish uchun 10.08.2022 soat 10:00 dan 11.08.2022 soat 22:00 gacha suvni o‘chirish jarayonida ichimlik suvi vaqtinchalik to‘xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan hududlar maʼlum qilindi.

 

Sergeli tumanida ichimlik suvi to‘liq to‘xtatiladigan mahallalar nomi quyidagicha:

 

  • “Ziyokor”, “Nomdanak”, “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonobod”, “Qushbegi", "Xonobodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo bo‘yi”, “Fayzli”, “Jaloir” va “Qipchoq” mahallalarida ichimlik suvi to‘xtatiladi.

 

Ichimlik suv bosimi pasayadigan joylar:

 

  • “Sug‘diyona”, “Sofdil”

 

Yangihayot tumanida ichimlik suvi bosimi pasayadigan joylar:

“Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, “Al-Farg‘oniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Do‘stlik”, “Chortoq”, “Charag‘on” mahallalari va tumandagi Tug‘ruqxona, Poliklinika №37, KVD, O‘likxona, Yangihayot tuman hokimiyati, Doka xleb, “Toshkent” mahallasi, Metal zavod, 12-avtopark, KNS, “Greyen park” va xususiy bog‘cha “Evrika” hududida ichimlik suvi bosimi pasayadi.

 

Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikada ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика